O‘zbekiston | 14:10 / 09.07.2019
7541
2 daqiqa o‘qiladi

The Economist va The Guardian jurnalisti Joanna Lilis O‘zbekistonda akkreditatsiya oldi

Foto: Twitter/@joannalillis

Britaniyalik jurnalist Joanna Lilis O‘zbekistonda akkreditatsiya oldi. Bu haqda uning o‘zi 8 iyul kuni Twitter’dagi sahifasida xabar berdi.

Joanna Lilis The Economist, The Guardian va Eurasianet kabi nashrlar uchun maqolalar yozadi. So‘nggi 14 yil davomida u Qozog‘istonda yashab, ishlayapti. 2018 yilning noyabrida Joanna Lillis Londonda «Dark Shadows: Inside the Secret World of Kazakhstan» («Zulmatdagi soyalar: Qozog‘iston siyosiy sahnasi ortidagi sirlar») kitobini taqdim etdi. 

Ta'kidlab o‘tish joizki, Joanna Lilis O‘zbekistonda akkreditatsiya olgan yagona xorijiy jurnalist emas. Joriy yilning 4 iyun kuni Avazbek Tohirov respublika Tashqi ishlar vazirligida Bi-Bi-Si teleradiokompaniyasi muxbiri sifatida akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Bir yil muqaddam «Amerika Ovozi» o‘zbek tahririyati muxbiri Navbahor Imomova O‘zbekistonda akkreditatsiya oldi. 2019 yil aprel oyida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi «Fergana» nashrining Toshkentdagi muxbiri Andrey Kudryashovga xorijiy nashr muxbiri sifatida akkreditatsiya guvohnomasini berdi.

Mavzuga oid