Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegram-kanalida xabar qilindi.
Nizomga muvofiq, Inspeksiya xodimlariga quyidagi miqdordagi oylik ustamalar belgilanadi:
lavozim maoshining 40 foizi miqdorida ustama;
uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun lavozim maoshiga 10 foizdan 60 foizgacha ustama.
Shuningdek, xodimlarga bir qator rag‘batlantiruvchi va boshqa to‘lovlar to‘lanadi.
Jumladan, yilda 1 marta moddiy yordam, shaxsiy ustamalar, bayramlar uchun mukofotlar, ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun to‘lovlar va boshqalar.
Bundan tashqari, xodimning asoslangan arizasiga ko‘ra quyidagi hollarda qo‘shimcha tarzda xodim lavozim maoshining 3 baravari miqdorigacha moddiy yordam ko‘rsatilishi mumkin:
yaqin qarindoshlari vafot etganda;
alohida ehtiyoj tug‘ilganda (baxsiz hodisa, to‘y, uzoq muddatli kasallik sababli davolanish va boshqalar uchun).
Mavzuga oid
07:34 / 25.07.2023
Hukumat davlat muassasalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi
16:13 / 27.06.2023
OAVni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 5 ta nizom tasdiqlandi
09:11 / 03.08.2022
O‘zbekistonda xodimni xizmat safariga yuborishning yangi tartibi belgilandi
07:35 / 01.03.2022