Tanqidga munosabat: Navoiy davlat pedagogika institutida qabul jarayonida tartibsiz navbatlarning oldi olinmoqda
Kun.uz saytida joriy yilning 12 iyul kuni «Abituriyent–2019: Navoiydagi qabul jarayonlarida ham muammolar va tartibsiz navbatlar yuzaga kelmoqda» sarlavhali tanqidiy material e'lon qilingan edi.
Unda Navoiy davlat pedogogika va Navoiy davlat konchilik institutlarida abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish jarayoni yoritilgandi.
Xususan, Navoiy davlat pedogogika institutidagi qabul jarayonlarida tartibsiz, uzundan-uzun navbatlar yuzaga kelayotgani, jazirama issiqda abituriyentlar uzoq vaqt tik oyoqda turib qolayotgani, bu holatlar qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani, bunga asosan DTM serveridagi uzilishlar, bankdagi to‘lovlardagi muammolar sabab bo‘layotgani ta'kidlangandi.
Maqolada keltirilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borilgan ishlar haqida Navoiy davlat pedagogika instituti qabul komissiyasi tomonidan tahririyatga ma'lumot taqdim etildi.
«Navoiy davlat pedagogika institutiga 2019/2020 o‘quv yilida jami 28ta ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha 1965 nafar, magistrlar uchun 82 nafar, sirtqi bo‘limning 11ta yo‘nalishiga jami 740 nafar qabul qilish tasdiqlangan. Institutda qabul jarayoni ish faoliyati uzaytirilib, ertalab soat 7:00dan kech soat 20:00ga qadar davom etyapti.
Bu yil abituriyentlar juda ko‘p. Tartibsiz navbatlarning oldini olish maqsadida hujjatlarni rasmiylashtirish uchun kompyuterlar soni 45tadan 80taga yetkazildi. 2ta qo‘shimcha xona jihozlandi.
Bankdagi pul to‘lovlari uchun «Agrobank» Navoiy shahar filialining maxsus ko‘chma kassasi 8 iyun kuniga qadar 2 dona tashkil etilgan edi. Abituriyentlar soni ortib borayotgani sababli boshqa banklarning ham 12ta sayyor kassalari faoliyati tashkil etildi. Bu orqali abituriyentlarning navbatlarda kutib qolishlariga barham berildi.
Elektr tarmoqlaridagi nosozliklar oldini olish va muammolarni hal qilish uchun institutga 2ta elektr ta'minlovchi dvijok elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan yetkazib berildi.
Abituriyentlar uchun 3ta joyda maslahat xonasi, 4ta telefon o‘rnatilgan «CALL CENTR» xonalarida operatorlar o‘z masalahatlarini berishmoqda.
Havoning issiqligini inobatga olgan holda, abituriyentlar salqin joylarga jamlanib, ularga tushuntirishlar berilmoqda. Navbatlar guruhlarga taqsimlangan holda tashkil qilindi.
Shu kunga institut qabul komissiyasi tomonidan 19155 nafar abituriyentlar hujjatlari rasmiylashtirildi», – deyiladi ma'lumotnomada.
Mavzuga oid
12:16 / 01.11.2024
Navoiyda odamlar daromadini ko‘paytirish masalasi ko‘rib chiqildi
21:27 / 31.10.2024
Navoiy davlat universiteti tashkil etildi
21:16 / 31.10.2024
Prezident Navoiy viloyatida yirik va strategik loyihalar bilan tanishdi
16:28 / 31.10.2024