Yevropaning eng yirik navigatsiya tizimi ishdan chiqdi
Yevropaning global navigatsion sun'iy yo‘ldosh tizimi Galileo ishdan chiqdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, foydalanuvchilar kosmik stansiyalardan navigatsiya signallarini ishlata olmayaptilar. Ta'kidlanishicha, muammo Italiyadagi aniq vaqt majmuasi bilan bog‘liq. Ayni vaqtda birorta ham sun'iy yo‘ldosh ishlamayapti.
Galileo – Yevropa ittifoqi va Yevropa koinot agentligining sun'iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi qo‘shma loyihasi bo‘lib, u “Transevropa tarmoqlari” transport loyihasining bir qismi hisoblanadi. Galileo tizimi yuqori sifatli navigatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun mo‘ljallangan. U AQShning GPS va Rossiyaning GLONASS tizimlariga o‘xshash bo‘lib, ulardan farqli, faqatgina fuqarolik maqsadlarida qo‘llanadi.
Mavzuga oid
11:50 / 19.09.2024
Ish ko‘p, maosh kam: Yevropa shifoxonalarida “kadrlar inqirozi” yuz bermoqda
16:21 / 16.09.2024
Ish va dam olish o‘rtasidagi muvozanat. Yevropaning qaysi davlatlari bu borada yetakchi?
11:20 / 16.09.2024
Yevropada suv toshqinlaridan kamida olti kishi halok bo‘ldi
18:27 / 14.09.2024