Jahon | 16:22 / 15.07.2019
4839
1 daqiqa o‘qiladi

Filippinda denge bezgagi tarqalishi sababli favqulodda holat e'lon qilindi

Foto: Fotolia / anankkml

Filippin sog‘liqni saqlash vazirligi aholi orasida denge bezgagiga chalinish holatlari yuz bergani sababli mamlakatning turli hududlarida favqulodda holat e'lon qildi, deb xabar berdi Rappler portali.

Filippin sog‘liqni saqlash vaziri Fransisko Dukening ma'lum qilishicha, 2019 yil 1 yanvardan 29 iyungacha 106 630 marta denge bezgagiga chalinish holatlari qayd etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 85%ga ko‘pdir. Bundan tashqari, yil boshidan buyon 456 kishi bezgakdan vafot etgan.

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, Mimaropa, G‘arbiy Visayi, Markaziy Visayi va Shimoliy Mindanao hududlarida epidemiya keng ko‘lamda tarqalgan. Yana to‘qqizta hududda aholi xavf yoqasida turibdi.

Denge chivinlar tomonidan tashiluvchi virusli infeksiya bo‘lib, u grippga o‘xshash kasallik keltirib chiqaradi va ba'zida og‘ir denge deb ataluvchi halokatli asoratlar rivojlanishiga olib keladi.

Mavzuga oid