Jahon | 15:03 / 15.07.2019
9129
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston mudofaa kengashining sobiq kotibi qidiruvga berildi

Qirg‘iziston IIV jinoiy “avtoritet” Aziz Batukayevning qamoqdan noqonuniy ozod etilishi bo‘yicha jinoiy ish doirasida mamlakat mudofaa kengashining sobiq kotibi Busurmanqul Tabaldiyevni qidiruvga berdi.

Norin viloyatidagi koloniyada uzoq muddatli jazoni o‘tayotgan Batukayev 2013 yilda salomatligi tufayli jazoning qolgan yetti yil muddatini o‘tamasdan ozodlikka chiqarilgan va Chechenistonga ketgandi.

O‘sha vaqtda tuzilgan parlament komissiyasi Batukayevning ozod etilishiga sobiq ombudsmen Tursunbek Akun, hukumat a'zolari va jazoni ijro etish muassasasi xodimlari aloqador ekanligini aniqlagan, ammo jinoiy ish qo‘zg‘atilmagandi.

2019 yil aprelda tergov ishi qaytadan boshlandi. Ushbu ish bo‘yicha qator amaldorlar hibsga olindi. Bundan tashqari, mamlakat sobiq prezidenti Almazbek Atambayev ham Batukayevning ozod etilishiga aloqadorlikda gumonlanmoqda.

Mavzuga oid