So‘qoqda yuz bergan yong‘in tufayli ikki qo‘shni uyning katta qismi zararlandi
2019 yilning 16 iyul kuni 17:45da Toshkent viloyati Parkent tumani So‘qoq qishlog‘i, “Shoshma” MFY, Yangixayot ko‘chasida joylashgan ikki qo‘shni uylarda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar qilmoqda.
Voqea joyiga 5 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yuborilgan. Bo‘linmalar yong‘in joyiga yetib borib, tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan hamda yong‘inda fuqarolarni tan jarohati olishlari va halok bo‘lishlari qayd etilmagan.
Yong‘in oqibatida fuqarolar N.Q. va P.Q. uylarining 95 kv metr maydondan tomi, shifti va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘indan uylarning 170 kv.m maydoni saqlab qolingan.
Hodisaning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.