O‘zbekiston | 09:03 / 19.07.2019
3350
3 daqiqa o‘qiladi

Bir yil ichida 60 mingga yaqin xorij fuqarosiga O‘zbekistonga kirish elektron vizasi berildi

2018 yilning iyulidan bugungi kunga qadar O‘zbekistonga kirish uchun xorijiy fuqarolardan tushgan arizalar soni 60 mingga yaqinlashdi, ularning deyarli barchasi ijobiy natija berdi (58 761 kishiga elektron viza berilgan). Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2006 yil 4 iyuldagi 3836-sonli “O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi qaroriga muvofiq 2018 yil 15 iyuldan boshlab 96 mamlakat fuqarolariga elektron vizalar berish tizimi joriy etildi (2019 yil 1 fevralgacha bo‘lgan davrda 50 ta mamlakat fuqarolariga edi) va natijada 2019 yil 15 iyulga qadar 60 mingga yaqin ariza topshirildi. 

E-vizani rasmiylashtirish bo‘yicha murojaatlarning aksariyati Xitoy (22 785), Hindiston (12 372) va AQSh (8 682) fuqarolaridan kelib tushgan. 

2018 yil 15 iyuldan 2019 yil 15 iyulgacha Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Call-markaziga elektron viza bo‘yicha qabul qilingan murojaatlarning soni 6 806 tani tashkil qildi hamda ularga tezkor yordam ko‘rsatildi. 

Elektron vizalarni berish va shu masala bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar mexanizmini muntazam ravishda tahlil qilish asosida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarorlari bilan elektron viza berish tartibi takomillashtirildi, xususan: 

- joriy yilning 28 mayidan boshlab O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddati elektron vizalar uchun berilgan sanadan e'tiboran 90 kun ichida va kirish kunidan boshlab 30 kunga beriladi va amal qiladi; 

- 2019 yil 15 martdan boshlab ikki martalik (2019 yil 15 iyul holatiga ko‘ra, chiqarilgan ikki martalik elektron vizalar soni – 1 317) va ko‘p martalik elektron ko‘rinishdagi vizalarni berish tizimi joriy etildi;

- agar elektron vizada uchta texnik tipografik xato topilmasa, chet el fuqarolari mamlakatga kirishlari mumkin; 

- O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qo‘shinlari xodimlari mustaqil ravishda chet el fuqarosining elektron vizasi borligini, uning qog‘ozda chop etilgan shaklini so‘ramasdan tekshirishlari mumkin. 

Mavzuga oid