O‘zbekiston | 22:44 / 20.07.2019
139782
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Toshkent osmoni uzra «Soyuz MS-13» missiyali raketasi parvozi kuzatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tungi Toshkent osmoni uzra yog‘du sochib uchayotgan no'malum uchar jism videosi tarqaldi. Ko‘pchilik bu qanday jism ekanligi haqidagi savollar iskanjasida qolgan bo‘lsa ajab emas.

Ma'lum bo‘lishicha, Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromida bugun «Soyuz-FG» tipidagi raketa tashuvchisiga ega, ichida kosmonavtlar bo‘lgan «Soyuz MS-13» missiyali raketasi Xalqaro kosmik stansiyasi tomon uchirilgan.

Mazkur raketa Boyqo‘ng‘ir kosmodromining birinchi kosmonavt Yuriy Gagarin parvoz qilgan «Gagarin starti» deb ataluvchi maydonidan osmonga ko‘tarilgan.

RIA Novostiga ko‘ra, Missiya ekipaji tarkibiga rossiyalik kosmonavt Aleksandr Skvorsov, EASA (Yevropa kosmik agentligi) astronavti, italiyalik Luka Parmitano va NASA astronavti Endryu Morgan kirgan.

Xalqaro kosmik stansiyada ularni shu yilning 15 mart kuni ikkinchi urinishda XKS bortiga yetib borgan rossiyalik Aleksey Ovchinin, shuningdek, NASA astronavti Kristina Kuk kutib turibdi.

Yangi ekipaj bir qator tajribalarni o‘tkazadi, ularning orasida «Fyodor» robot-avatar sinovi ham bor. Bundan tashqari, noyabr oyida ochiq koinotga chiqish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid