Iqtisodiyot | 10:10 / 21.07.2019
9756
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 6 oy ichida 627 mln dollarlik qurilish materiallari import qildi

Foto: wz.lviv.ua

2019 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda qurilish materiallari importi hajmi 627 mln dollarni tashkil qildi va 2018 yilning shu davriga nisbatan 15,6 foizga oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Qurilish materiallari importi ulushi umumiy import hajmida 5,6 foizga yetgan. Qurilish materiallari importi tarkibida asosiy ulushni yog‘och va undan tayyorlangan mahsulotlar (45,7foiz), sement (14 foiz), oyna va oyna mahsulotlari (4,5 foiz) hamda asbest (2,2 foiz) egallagan.

“Qurilish materiallari importi o‘sishi respublikada amalga oshirilayotgan katta ko‘lamli qurilish va rekonstruksiya ishlari bilan bog‘langan”, deb ma'lum qilingan xabarda.

Mavzuga oid