O‘zbekiston | 16:32 / 22.07.2019
11063
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent - Qizilo‘rda yo‘nalishida muntazam xalqaro avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Bugun, 22 iyuldan e'tiboran Uzautotrans Service MChJ Toshkent - Qizilo‘rda yo‘nalishida muntazam xalqaro avtobus qatnovlarini amalga oshirishni boshladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan Yutong avtobusi mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da Toshkent avtovokzalidan yo‘lga chiqadi. Mazkur yo‘nalish masofasi 583 km bo‘lib, yo‘lga 10 soat-u 30 daqiqa sarflanadi, yo‘l haqi esa 80 000 so‘mni tashkil etadi. 

Xabarda aytilishicha, avtobuslar chegarani «G‘ishtko‘prik» va «Jibek Joli» nazorat-o‘tkazish punktlari orqali kesib o‘tadi. Reyslarning oxirgi to‘xtash nuqtasi - «Toshkent» (O‘zbekiston) va «Saltanat» (Qozog‘iston) avtovokzallari. 

Avtobuslar Qizilo‘rdadan Toshkent tomon soat 16:30 da yo‘lga chiqadi.

Mavzuga oid