Jahon | 17:56 / 24.07.2019
4965
1 daqiqa o‘qiladi

Rim metrosida plastik idish topshirib chipta olish mumkin bo‘ldi

Foto: RIA Novosti / Natalya Seliverstova

Rim meriyasi plastik idishlarni metro chiptalariga almashtirish bo‘yicha sinov loyihasini ishga tushirdi. Bu haqda Rim meri Virjiniya Raji ma'lum qildi.

Maxsus avtomatlar bir yil davomida uchta metro stansiyasida faoliyat ko‘rsatadi. Bitta plastik idish 5 yevrosent turadi, bitta chipta olish uchun 30 dona plastik idish topshirish kerak bo‘ladi.  

Stansiyalarda yig‘ilgan idishlar qayta ishlash uchun jo‘natiladi. 

Rajining so‘zlariga ko‘ra, Rim Yevropadagi plastik idishlar chiptalarga almashtiriladigan birinchi poytaxtga aylandi.

Mavzuga oid