Jahon | 01:06 / 25.07.2019
9008
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy jiddiy jinoyatlarda gumon qilinayotgan 50 qochoq uchun mukofot e'lon qildi 

Xitoyning jamoat xavfsizligi vazirligi jiddiy jinoyatlarda gumon qilinayotgan A sinfidagi 50 qochoq jinoyatchi uchun mukofot puli e'lon qildi.

Vazirlikda jamoatchilik ushbu jinoyatchilarning qayerdaligi borasidagi barcha ma'lumotlar bilan bo‘lishishga chaqirilgan. Befarq bo‘lmagan fuqarolarga har bir tutilgan qochoq uchun 100 ming yuan (14,5 ming dollar) miqdorida mukofot puli va'da qilingan.

Vazirlik, shuningdek, jinoyatlar sodir etishda gumon qilinayotganlar va firibgarlarni ushlash bo‘yicha umummilliy kampaniyani boshlagan. Ushbu kampaniya 14 iyundan 31 oktyabrgacha davom etadi.

Hozirga kelib operatsiya davomida 57106 qochoq, jumladan jiddiy jinoyatlarga aloqador 7266 nafar jinoyatchi ushlangan. Umumiy hisobda 5 yildan beri qochoqlikda yurgan 1350 kishi, 10 yil va undan ko‘proq vaqtdan beri qochoqlikda yurgan 345 kishi qo‘lga olingan.

Mavzuga oid