Sport | 10:17 / 26.07.2019
138148
1 daqiqa o‘qiladi

Boksda yana bir fojia – Argentinaning eng yaxshi bokschisi ringda hushidan ketib, vafot etdi

Foto: Videodan kadr

Argentinalik bokschi Ugo Santilyan urugvaylik Eduardo Abreuga qarshi jangda olgan jarohatlari oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

Clarin xabariga ko‘ra, jang yakunlanganidan so‘ng Santilyan o‘zini yomon his qila boshladi va g‘olibni e'lon qilish vaqtida hushidan ketdi.

Bokschi shifoxonaga yetkazilganda, miyasiga qon quyilgani ma'lum bo‘ldi. U zudlik bilan jarrohlik amaliyotidan o‘tkazildi. Keyinchalik uning yuragi ikki marta to‘xtab qoldi. 25 iyul kuni Ugo hayotdan ko‘z yumdi.

Santilyan super yengil vaznda WBO talqini bo‘yicha Janubiy va Lotin Amerikasi chempioni edi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin rossiyalik bokschi Maksim Dadashev ham jang paytda miyasiga qon quyilishi natijasida shifoxonada vafot etgan edi.

Mavzuga oid