Jamiyat | 12:45 / 29.07.2019
9823
2 daqiqa o‘qiladi

Marixuana olib ketayotgan narkokurer qo‘lga olindi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Bojxona xodimlari tomonidan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.               

Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan “Bo‘ka-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan “Neksiya” rusumli avtomashina to‘xtatilib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, ushbu avtomashinada yo‘lovchi sifatida harakatlanayotgan fuqaro T.J.ning yuklari orasida 648,4 gramm marixuana giyohvandlik vositalari borligi aniqlandi.

Tekshiruv davom ettirilib, ushbu shaxsning yashash xonadoni ham ko‘zdan kechirildi va uning xonadonidan 5,16 gramm marixuana giyohvandlik vositasi borligi ma'lum bo‘ldi.

Tadbir davomida 653,56 gr. marixuana giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid