Nigeriya shimolidagi hujumda 60dan ortiq inson halok bo‘ldi
Nigeriya shimoli-sharqida Boko Haram jangarilari tomonidan sodir etilgan qurolli xuruj oqibatida 65 kishi qurbon bo‘ldi. Hodisa Borno shtatida dafn marosimi chog‘ida ro‘y bergan, deb xabar qilmoqda BBC.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qurollangan kishilar mototsikllar va minivenlarda shtat ma'muriy markazi Mayduguri shahri yaqinidagi qishloqqa yetib kelgan.
Ta'kidlanishicha, hududda jangarilarning kuchayishi kuzatilmoqda.
Mahalliy hokimiyat rasmiysi Muhammad Bulamaning aytishicha, bu hodisa 2 hafta oldingi hodisa uchun qasos olish bo‘lishi mumkin. O‘shanda qishloqda Boko Haramning 11 jangarisi o‘ldirilgan.
Reuters xabariga ko‘ra, mamlakat prezidenti Muhammadu Buxoriy hujumni qoralab, harbiy havo kuchlari va armiyaga jinoyatni sodir etganlarni ushlashga buyruq berganini bildirgan.
Mavzuga oid
15:12 / 26.10.2024
Nigeriyada benzovoz portlashi oqibatida 181 kishi halok bo‘ldi
14:10 / 26.10.2024
Nigeriyada bir haftada 140 nafar terrorchi va qurolli to‘da a’zolari yo‘q qilindi
23:30 / 29.09.2024
Nigeriyada sher hayvonot bog‘i xodimini g‘ajib tashladi
08:00 / 16.09.2024