Kasbi tumanining ishdan bo‘shatilgan IIB boshlig‘iga nisbatan tekshiruv davom etmoqda
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Chori Ko‘charovga nisbatan tekshiruv davom etmoqda. Bosh prokuratura Axborot xizmati boshlig‘i Hayot Shamsuddinov matbuot-brifingida shu haqda ma'lumot berdi. Jurnalistlardan biri Kasbi tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Chori Ko‘charov vazifasidan bo‘shatilgan ekan, unga nisbatan prokuratura idoralari surishtiruvi qaysi bosqichda ekaniga qiziqdi.
«Men kuni kecha, Qashqadaryo viloyati prokuror o‘rinbosari bilan ayni masalada gaplashdim. Jinoiy ish ochilganmi, yo‘qmi, qiziqdim. Uning aytishicha, tekshiruv hamon davom etmoqda. Qonunchilikda eng kam surishtiruv 10 kun qilib belgilangan. 10 kundan so‘ng, (jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi) ma'lum bo‘ladi», - dedi Shamsuddinov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi Kasbi tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Ch.Ko‘charov, xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra, egallab turgan lavozimidan ozod etilgani haqida xabar qilgan edi.
Bundan avval, Kun.uz saytida «Qashqadaryoda fermerlar vakillariga kishan taqildi va ular avtobusga qamab qo‘yildi: Guvohlar voqea tafsilotlarini hikoya qilishdi» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.
Unda Chori Ko‘charov fermerlarga dala maydonida seminar o‘tkazgani, seminarga kelmagan fermerlarning vakillariga kishan taqib, ularni kun issig‘ida avtobusga qamab qo‘ygani, shuningdek, seminarga kelmagan fermerning oldiga xodimlarini yuborib, uni majburan olib keltirmoqchi bo‘lgani haqida aytilgandi.
Mavzuga oid
22:36 / 20.12.2024
Qashqadaryoda isitish tizimidagi ta’mirlashda salkam 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan MChJ aniqlandi
11:52 / 15.12.2024
Qashqadaryoda OTM hovlisida unashtirilgan qizini pichoqlagan yigitga hukm o‘qildi
16:27 / 11.12.2024
Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi
16:33 / 04.12.2024