Jahon | 14:33 / 31.07.2019
8311
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda amaldorlarga ikki yil davomida import mashinalar sotib olish taqiqlandi

Foto: Pixabay

Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin davlat organlariga xizmatda foydalanish uchun import avtomobillar sotib olishni taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda "KazAvtoProm" matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, qaror kuchga kirgan va ikki yil davomida amal qiladi. Hujjat bilan faqatgina Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan va majburiy ST-KZ sertifikatiga ega mahsulotlarni sotib olish va ijaraga olish belgilab qo‘yildi.

"KazAvtoProm"ning bildirishicha, Qozog‘istonda o‘tgan yili qabul qilingan choralar aksariyat davlat organlari va kompaniyalarning xarid siyosatini qayta ko‘rib chiqishiga olib kelgan. Natijada 2019 yilning olti oyi davomida sotib olingan xizmat mashinalarining atigi 1 foizi xorijda ishlab chiqarilgan mashinalar bo‘lgan.

Mavzuga oid