Jahon | 21:34 / 02.08.2019
12417
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston hukumati ziyoratchi va turistlarni Jammu va Kashmirni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Foto: ANI Photo

Hindistonning Jammu va Kashmir shtati hukumati xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar sababli turistlar va ziyoratchilarni shtat hududini zudlik bilan tark etishga chaqirdi.  

"Terrorchilik tahdidi to‘g‘risidagi razvedka ma'lumotlari va Kashmir vodiysidagi vaziyatni hisobga olib, turist va ziyoratchilarga vodiyda bo‘lish vaqtini qisqartirish va tezroq bu hududni tark etish uchun zudlik bilan choralar ko‘rish tavsiya etiladi", - deyiladi hukumat bayonotida.

Politsiyaning xabar berishicha, jangarilar Amarnatx ibodatxonasiga amalga oshiriladigan ziyoratni yo‘qqa chiqarishga tayyorlangan. Ziyoratchilar yo‘nalishida qurol-yarog‘lar, portlovchi qurilmalar saqlanayotgan ombor topilgan.

Taxminlarga ko‘ra, ekstremistlar 15 avgust kuni nishonlanadigan Hindiston mustaqillik kunida hujumlar amalga oshirishi mumkin. Hududga qo‘shimcha 10 ming nafar harbiy tashlangan. Mahalliy matbuotning ma'lumot berishicha, shtatga jami 25 ming nafargacha harbiy jalb etilishi mumkin.

 

Mavzuga oid