Jahon | 21:43 / 03.08.2019
9260
1 daqiqa o‘qiladi

Maxsus prokuror Myullerning surishtiruvi AQShga 32 mln dollarga tushdi

Foto: EPA/Vostock-photo

Maxsus prokuror Robert Myullerning qariyb ikki yillik surishtiruvi AQSh adliya vazirligiga 32 mln dollarga tushdi. Bu haqda CNBC telekanali xabar berdi.

Myullerning xodimlari – 19 yurist va 40ta FQB agenti hamda analitik va buxgalter kriminalistlarning ishi 2,45 mln dollarga tushdi.

Telekanalning qayd etishicha, adliya vazirligi surishtiruv xarajatlari haqidagi ma'lumotlarni kutilganidan ertaroq taqdim qilgan.  

AQSh vakillar palatasi yuridik qo‘mitasi raisi Jyerri Nadlerning aytishicha, surishtiruv natijasida bir necha kishiga ayblov e'lon qilingan.  

2019 yil martida Myuller jamoasi Rossiyaning 2016 yilgi AQShdagi saylovlarga ehtimoliy aralashuvi to‘g‘risidagi hisobot ishini yakunladi. Hisobotda aytilishicha, tergovchilar Rossiya va Donald Trampning saylovoldi shtabi o‘zaro til biriktirganligi alomatlarini aniqlashmagan.

Mavzuga oid