AQSh Fors ko‘rfaziga Eron katerlariga qarshi F-15 qiruvchi samolyotlarini jo‘natdi
AQSh Fors ko‘rfaziga Eronning kichik kemalarini ommaviy yo‘q qilishga qodir yuqori aniqlikdagi qurol bilan qurollangan F-15 qiruvchi samolyotlarini navbatchilikka jo‘natdi. Bu haqda The Drive portali xabar berdi.
Zarbdor qiruvchi samolyotlarning ko‘rfazga jo‘natilgani haqida AQSh harbiy-havo kuchlarining 380-ekspeditsion eskadrilyasi shtabi ma'lum qildi. Xabarda ta'kidlanishicha, samolyotlar AQSh harbiy-dengiz flotining Hurmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi kemalariga hamrohlik qilish va jangovar navbatchilikni o‘tash uchun yuborilgan.
Portal jurnalisti AQShning BAAdagi bazasiga jo‘natilgan samolyotlar suratlarini tahlil qilib, ularda Eron yaqinda xorijiy neft tankerlariga hujumda qo‘llagan katerlarni yo‘q qilish uchun “mukammal” qurol o‘rnatilganini ta'kidlab o‘tgan.
Bundan tashqari, jurnalistning ta'kidlashicha, harbiy samolyotlar Eron flotining har qanday kemasini yo‘q qila oladigan qurol bilan ta'minlangan.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
22:15 / 21.09.2024
Eron oliy rahnamosi 40 nafar chet el fuqarosini afv etdi
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024