«MYu» Maguayyer transferini e'lon qildi. Uning uchun rekord darajada mablag‘ to‘landi
Angliya milliy jamoasi himoyachisi Harri Maguayr «Manchester Yunayted» a'zosiga aylandi.
Klub rasmiy saytida Harri bilan 6 yillik shartnoma imzolangani, kelishuvda bu muddatni yana bir yilga uzaytirish ehtimoli belgilangani ma'lum qilindi.
Avvalroq OAVda Maguayrning «Lester Siti»dan transferi «Yunayted»ga 87,3 mln yevroga tushayotgani, bu esa uni futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylantirishi xabar qilingandi. Avvalgi rekord «Sauthempton»dan «Liverpul»ga 75 million yevroga transfer qilingan Virjil Van Deykka tegishli edi.
Ma'lumot uchun, 26 yoshli Maguayr 2017 yildan beri «Lester»da o‘ynab kelayotgandi. Undan avval «Uigan», «Sheffild Yunayted» va «Hall Siti» klublari sharafini himoya qilgan. 2018/19 yilgi mavsumda futbolchi APL doirasida 31ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol muallifi bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
14:06 / 08.09.2024
«MYu»dagi uchinchi mavsum: Ten Hagga g‘olib jamoa qurish uchun yana qancha vaqt va pul kerak?
18:13 / 28.07.2024
«MYu» katta pul sarflamoqda, «Milan» ispaniyalik yulduzni qo‘lga kiritdi. Yevropadagi so‘nggi transferlar
16:03 / 28.05.2024