O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Maslahat kengashi tashkil etildi
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Maslahat kengashi tashkil etildi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Maslahat kengashi to‘g‘risidagi nizom;
Maslahat kengashi tarkibi;
Assotsiatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, Maslahat kengashining asosiy vazifalaridan biri Assotsiatsiyani xorijga ta'lim olish va ishlash uchun chiqib ketgan hamda chiqishni rejalashtirgan o‘zbekistonlik yoshlarning ko‘makchisi va tayanchiga aylantirishdan iborat.
Maslahat kengashi o‘ziga yuklangan vazifalarning bajarilishi bo‘yicha prezident Administratsiyasi va hukumatga har olti oyda axborot kiritadi.
Qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturida har chorakda “Yoshlar bilan ochiq muloqot kunlari”ni tashkil etish hamda “Yosh vatandoshlar” xalqaro festivalini o‘tkazish kabilar nazarda tutilgan.
Shuningdek, Assotsiatsiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan yordam ko‘rsatish uchun kun-u tun xizmat ko‘rsatuvchi ishonch telefoni va maxsus veb-portal ishga tushiriladi.
Mavzuga oid
15:18
O‘zbekiston ingliz tili savodxonligi reytingida 98-o‘ringa tushdi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024