Jahon | 20:30 / 08.08.2019
28016
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston prezidenti o‘ziga nisbatan necha marta suiqasd qilinganini aytdi

Foto: TASS

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat janubiga qilgan ishchi tashrifi chog‘ida o‘ziga nisbatan olti marta suiqasd qilinganini aytdi. Bu haqda "Aziya-Plyus" xabar bermoqda.

Boljuvon tumani rahbariyati bilan uchrashuvi chog‘ida unga hokimiyat tepasidagi dastlabki yillarda yashagan va ishlagan xonadonidaligi tasvirlangan portretni sovg‘a qilishdi. 

"Ikkiga ikki bu xonada qariyb to‘rt yil yashaganman. Binoni bir necha bor o‘qqa tutishgan. Qancha teraktlar bo‘lgan! Xo‘jandda Kamoli Xo‘jandiy teatri yonida 75 kishi, jumladan men ham yaralanganman. Ikki kishi halok bo‘lgan. Bomba parchalari haligacha oyog‘imda qolib ketgan. Olti marta suiqasd qilishgan, taqdir ekan. Esingizda bo‘lsa, Badaxshonda tinchlik va birlik uchun jonimni qurbon qilaman, lekin Tojikistonga tinchlik olib kelaman degandim", - dedi Rahmon.

Rahmon 1994 yil noyabrdan buyon Tojikistonni boshqarib keladi. 

Mavzuga oid