Fan-texnika | 08:59 / 14.08.2019
9232
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda samolyotlarga MacBook Pro noutbuklarini olib chiqish taqiqlandi 

Foto: Beck Diefenbach / Reuters

AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi (FAA) aviakompaniyalarga samolyotlar bortiga Apple kompaniyasining 2015-2017 yillarda ishlab chiqarilgan MacBook Pro noutbuklarini olib chiqishni taqiqladi.  

Ushbu qaror Apple Inc's ekrani diagonali 15 dyuymli MacBook Pro noutbuklarining ba'zi modellari batareyalari qizib ketishi va bu alangalanishga olib kelishi mumkinligi sababli qaytarilib olishini xabar qilgandan keyin qabul qilingan.

“FAA’ga ba'zi Apple MacBook Pro noutbuklarida qo‘llangan batareyalar qaytarib olingani ma'lum. Aviakompaniyalar bu haqda ogohlantirilgan”, deb aytgan FAA vakili.

Mavzuga oid