SSV Samarqandda “shifoxonaga tirik kelib o‘lik qaytdi” deya ta'riflangan bola bo‘yicha bayonot berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 14 yoshli bolaning kasalxonaga tirik borib, o‘lik qaytgani iddao qilinayotgan videolavhani Sog‘liqni saqlash vazirligi atroflicha o‘rganib, quyidagilarni aniqladi.
Joriy yil 1 avgust kuni soat taxminan 17:00 lar atrofida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali qabul bo‘limiga 14 yoshli A.I. yo‘l mashinasida olib kelingan. Qarindoshlarining aytishicha, A.I. bozorda stulga o‘tirgan vaqti birdaniga hushidan ketgan va yiqilgan.
Filial qabul bo‘limida A.I. ko‘rikdan o‘tkazilganda u biologik o‘lim holatidaligi aniqlangan. Shunga qaramay shifokorlar yurak tashqi massajini amalga oshirishgan, maxsus qopcha orqali nafas berilib, standartlar asosida tibbiy muolajalar tezkorlik bilan ko‘rsatilgan.
A.I.ning qarindoshlariga biologik o‘lim mavjudligi, qilinayotgan reanimatsion chora-tadbirlar samarasizligi haqida bir necha bor aytilishiga qaramasdan, ular qabul bo‘limi vrachlarini haqoratlab, tazyiq ostida reanimatsion choralar kursatishni davom etirishga majburlashgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan videolavha marhum keltirilgandan keyin 30 daqiqa o‘tib olingan tasvirlar bo‘lib, barcha ko‘rsatilayotgan yordam murda qarindoshlari tazyiqi va bosimi ostida bajarilgan. So‘ngra murda ichki ishlar xodimlariga topshirilib, sud-tibbiy ekspertiza byurosiga o‘tkazilgan.
– Ish vaqtida hech qaysi tibbiyot xodimi spirtli ichimlik iste'mol qilmagan, – deydi filial direktori Akbar Tilyakov. – Ijtimoiy tarmoqlardagi “vrachlar spirtli ichimlik ichgan holatda yordam ko‘rsatayapti” degan iddaolar yolg‘on va tuhmat bo‘lib, agar vrachlar xaqiqatdan ham ushbu holatda spirtli ichimlik ichib, yordam ko‘rsatayotgan bo‘lganida marhumning qarindoshlari u yerdagi shifokorlarni usha vaqtdayoq tinch quyishmagan bo‘lishardi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huquqni muhofaza qilish organlaridan ushbu holat yuzasidan, ya'ni ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on videolavha tarqatib, xalqda tibbiyot xodimlariga nisbatan ishonchsizlik uyg‘otishga harakat qilayotgan fuqarolarga nisbatan qonunda belgigangan tartibda huquqiy choralar ko‘rishlarini so‘raydi” deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Mavzuga oid
11:45 / 06.12.2024
Lordan stomatologga: tish davolatishga kelgan bemor shifokor shilqimligiga uchradi
19:11 / 05.12.2024
“Bitta brigada kuniga 25 tagacha chaqiriqqa chiqyapti” - Tez yordam qishda qanday ishlayapti?
18:33 / 29.11.2024
Bloger Farhod Mannopovning vafotida ikki shifokor aybli deb topildi
18:33 / 26.11.2024