Microsoft foydalanuvchilar suhbatini tinglashi mumkinligini tan oldi
Microsoft o‘z xodimlari foydalanuvchilar suhbatlarini tinglashi mumkinligini tan oldi, deb yozmoqda Vice.
Portal Microsoft maxfiylik siyosatining yangilanishiga e'tibor qaratdi, unga ko‘ra kompaniya Microsoft Cortana ovozli yordamchisi yoki Skype Translator dasturidan olingan ma'lumotlarni tahlil qilishi mumkin.
«Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash <...> ham avtomatlashtirilgan, ham qo‘lda (inson tomonidan) qayta ishlash usullarini o‘z ichiga oladi», - deyiladi yangilanishda.
Bundan oldin, Vice Microsoft shaxsiy foydalanuvchilar suhbatlarini tinglash uchun pudratchilarni yollaganligi haqida xabar bergan edi.
Kompaniya ushbu ma'lumotni qisman tasdiqladi.
«Biz kishilar ba'zan kontentni o‘rganish bilan shug‘ullanishi bo‘yicha vaziyatni yanada aniqlashtirishga qaror qildik», - deya ma'lum qildi Microsoft vakili portalga izohida. Kompaniya ushbu holat foydalanuvchilar bilan o‘zaro munosabatlarga «yanada aniqlik» olib kirishiga umid qilmoqda.
Vice’ning ta'kidlashicha, Microsoft maxfiylik siyosatida boshqa shaxslar foydalanuvchilar tomonidan yozib olingan audioyozuvlarni tinglashi mumkinligi haqida avval xabar bermagan.
Mavzuga oid
00:49 / 30.10.2024
Microsoft Googleʼni o‘z biznesiga putur yetkazayotgan «yashirin kampaniyalar»da aybladi
20:11 / 26.10.2024
Microsoft rahbarining maoshi 79 mln dollarni tashkil etdi
18:05 / 25.10.2024
“Barchasi ota-onamning qo‘llovi tufayli”: Microsoft elchisiga aylangan o‘zbek qizi
23:20 / 03.10.2024