MB raisi inflatsiyani to‘xtatish, narxlarni pasaytirishning yagona yo‘lini aytdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida valuta siyosati bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratovning ma'lum qilishicha, milliy valuta bazasi hozirda 65 trln so‘mga teng.
“Shundan 25 trln so‘mi aholining qo‘lida turibdi. Aholi qo‘lida mavjud pulning 99 foizi fuqarolarning joriy xarajatlari uchun sarflanib ketadi.
Inflatsiyani to‘xtatish, narxlarni pasaytirishning yagona yo‘li - raqobat va investitsion erkinlikni kuchaytirish. Ichki va tashqi bozorda raqobat kuchaysa, inflyatsion jarayonlarni ijobiylashtirish mumkin.
Importning o‘sishi so‘nggi paytda ko‘p muhokama qilinmoqda. Importning o‘sishi iqtisodiy erkinlikka intilayotgan davlat uchun tabiiy jarayon. Iqtisodiy o‘sish har doim import o‘sishi bilan hamohang boradi. Bunga tabiiy holdek qarash kerak. Import o‘sishi so‘nggi ikki yilda olib kirilayotgan tovarlar bilan ham bog‘liq. Ya'ni, asosan mashina, asbob-uskunalar olib kirilmoqda. Bunday tovarlarning kirishi keyingi iqtisodiy o‘sish uchun zamin bo‘ladi”, - dedi Markaziy bank raisi.
Bundan oldin, Mamarizo Nurmuratov 25 yil bozor iqtisodiyotida yopiq eshiklar siyosati olib borilganini aytgandi.
Mavzuga oid
14:05 / 12.09.2024
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
15:30 / 09.09.2024
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 39 mlrd dollarga yetdi. Bu – rekord ko‘rsatkich
17:04 / 05.09.2024
O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi oy eng ko‘p oltin xarid qilgan davlatlardan biri bo‘ldi
16:07 / 22.08.2024