170 ta avtomobilning bir vaqtda shinalari tutatilib rekord o‘rnatildi (video)
AQShning Kolorado shtatidagi trassada 170 haydovchi bir vaqtda bernaut – mashinani jildirmagan holda g‘ildiraklarini bir joyda aylantirishni amalga oshirishdi. Bunda mashina shinalari ishqalanishdan qizib, tutay boshlaydi.
Ko‘rinishicha, ushbu urinish yangi jahon rekordi hisoblanadi. Avvalgi shunday bernautda 126 ta mashina qatnashgan.
Ayni vaqtda ushbu rekord norasmiy xarakterga ega, chunki ommaviy bernaut uchun mukofot hali ham avstraliyalik haydovchilarga tegishli hisoblanadi. 126 haydovchi yanvarda bir vaqtda mashinalari shinalarini tutatishgan. Biroq yangi rekordning tan olinishi vaqt masalasi bo‘lib, uni qayd qilinishi uchun Ginness rekordlar kitobiga ariza jo‘natilgan.
Ushbu bernautning videosida bir vaqtda 340 ta shina tutatilayotganini ko‘rish mumkin. Bir necha lahzalardan keyin trassa shunday quyuq tutun bilan qoplanganki, u ko‘proq yong‘in yoki shtorm bo‘layotganini eslatib yuborgan.
Avvalgi rekord yanvarda o‘rnatilgandi. Summernats festivalida 126 ta mashina ishtirokida bernaut amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
22:03 / 22.09.2024
Tramp debat o‘tkazish haqidagi Harris taklifini rad etdi
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024