O‘zbekiston | 12:22 / 21.08.2019
26957
2 daqiqa o‘qiladi

«Inomarka»lar importi 200 mln dollarga yetdi

Foto: RIA Novosti

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 205,7 million dollarlik yengil avtomobillar import qilgan.

Spot’ning yozishicha, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish asta-sekin tiklanmoqda. Masalan, yil boshida chet el avtomobillarini import qilish hajmi o‘tgan yilga nisbatan qariyb 4 baravar ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, bahor boshida - 2,2 baravar, yoz boshida u 67 foizgacha tushdi, hozir esa 72 foizga qadar ko‘tarildi.

Chet el avtomobillari importining umumiy o‘sishi aynan yanvar oyida qimmatbaho xorijiy mashinalarni olib kirish yengillashtirilgani bilan bog‘liq - agar avtomobil 40 ming dollar yoki undan qimmatroq tursa va ishlab chiqarilgan sanasidan ikki yil o‘tmagan bo‘lsa, unda unga nol stavkali boj qo‘llaniladi.

Bundan tashqari, elektromobillar olib kirishga bojxona to‘lovlari va aksiz solig‘ining nol stavkalari o‘rnatildi.

Avvalroq, o‘zbekistonliklar «inomarka»larga xarajatlarni kamaytirayotgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid