Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi fuqaroning Jahongir Ortiqxo‘jayevga monopoliya bo‘yicha murojaatiga izoh berdi
Fuqaro Otabek Nuriddinovning Toshkent shahar xokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga ijtimoiy tarmoq orqali qilgan murojaatini bugungi kunga qadar bir qancha saytlar va o‘nlab guruhlar qizg‘in muhokama qildi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mutaxassislari murojaatda ko‘tarilgan masalaga oydinlik kiritishga urinib ko‘rdi.
“Onlayn tarzida yozilgan murojaat albatta aniq manzilga jo‘natilgan va, tabiiyki, xokimning o‘zi ushbu murojaatga javob berish yoki bermaslik, bu uning ixtiyori”, - deyiladi qo‘mita munosabatida.
O‘z navbatida, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mutaxassislari murojaatda ko‘tarilgan masalaga oydinlik kiritishga harakat qilgan:
Crafers kompaniyasi bo‘yicha:
2019 yil 1 avgust holatiga respublika hududida 600dan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub'yekt qandolat mahsulotlarini (assortimentda) ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, ushbu mahsulot bozorida juda katta miqdorda import qilingan mahsulotlar mavjud bo‘lgani sababli ushbu bozor ancha past konsentratsiyalashgan, raqobat esa yuqori darajada rivojlangan.
Bundan tashqari, bozordagi ulushlar tahlil qilinganda, qaysidir xo‘jalik yurituvchi sub'yektning ustun mavqega ega ekanligi aniqlanmadi. Oddiy qilib aytganda, “Crafers” qandolat mahsulotlari bozori holatiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi.
Artel kompaniyasi bo‘yicha:
2019 yil 1 avgust holatiga O‘zbekistonda 10tadan ko‘p kompaniya elektr maishiy texnikasini (yirik va mayda) ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Statistika organlaridan olingan ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 100dan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar “Artel” kompaniyasi ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga o‘xshash mahsulotlarni ishlab chiqarish va import qilish bilan shug‘ullanib kelmoqdalar.
Akfa Group kompaniyasi bo‘yicha:
2019 yil 1 avgust holatiga respublika miqyosida plastmassadan eshik va rom ishlab chiqaruvchi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning soni 180tadan oshgan.
Bundan tashqari, mazkur bozorda alyuminiydan eshik va rom ishlab chiqaruvchi 400tadan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar ham faoliyat ko‘rsatadilar.
Umuman olganda, ushbu bozorda ham konsentratsiya darajasi past, raqobat esa yetarli darajada rivojlangan.
Biroq, mazkur bozordagi ishlab chiqarilayotgan alyuminiy va plastik mahsulotlarning texnik va texnologiya jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanini hisobga olgan holda, Qo‘mita har ikkala mahsulotlarni ishlab chiqarishda ma'lum bir kompaniya yoki shaxslar guruhi ustun mavqega egami, yo‘qligini aniqlash maqsadida qo‘shimcha o‘rganish ishlarini olib borishiga to‘g‘ri keladi. O‘rganish natijalari alohida ma'lum qilinadi.
Bozor munosabatlari sharoitida davlatni xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning faoliyatiga aralashishiga haqqi yo‘q. O‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar o‘z faoliyat yo‘nalishlarini, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari va ko‘rsatayotgan xizmatlari narxlarini (tariflarini) mustaqil belgilaydilar.
Ma'lumot tariqasida eslatilishicha: ustun mavqe tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi sub'yektning yoxud shaxslar guruhining raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga bog‘liq bo‘lmagan holda unga o‘z faoliyatini amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi ta'sir ko‘rsatish, tegishli bozorga boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holatidir.
Tovar bozorida qaysi xo‘jalik yurituvchi sub'yekt yoki shaxslar guruhi tovarining ulushi:
1) ellik va undan ortiq foizni tashkil etsa;
2) o‘ttiz besh foizdan ellik foizgacha hajmda bo‘lib, bunda quyidagi shartlar:
xo‘jalik yurituvchi sub'yektning tovar bozoridagi ulushi kamida bir yil mobaynida barqaror bo‘lib turishi (ya'ni xo‘jalik yurituvchi sub'yektning yoki shaxslar guruhining ulushi tovar bozorining 35-50 foizi atrofida bo‘lsa);
tovar bozorida boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga (raqobatchilarga) tegishli ulushlarning nisbiy miqdorda bo‘lib turishi, ya'ni bozorda 20 foizdan ortiq ulushga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar yoki shaxslar guruhini yo‘qligi;
ushbu bozorga yangi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning (raqobatchilarning) kirishiga imkoniyatini mavjudligi, xo‘jalik yurituvchi sub'yektni ustun mavqega ega deb e'tirof etilishiga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida
12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi
17:18 / 14.11.2024
Elektromobil bozorini qisish uchun oxirgi bir yilda nimalar qilindi?
20:33 / 13.11.2024