O‘zbekiston | 10:33 / 22.08.2019
33376
4 daqiqa o‘qiladi

Bosh vazir maslahatchilari soni yana bittaga ortdi

Foto: AFP

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolapi va ularning oila a'zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida xodimlarining cheklangan soni 8 shtat birligidan iborat Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti tashkil etildi.

Belgilanishicha, Departamentning shtatlari soni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi muassasalarning 8 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.

Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamentining mudiri lavozimi kiritildi.

Quyidagilar Departament faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:

migratsiya jarayonlarini kompleks tahlil qilish, tashqi mehnat migratsiyasi sabablari va omillarini, mehnat migrantlarining huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, shuningdek, ularning xorijda bo‘lish shart-sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq tizimli muammolarni aniqlash;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda xorijda ishga joylashtirishni ta'minlash bo‘yicha yillik rejalar va dasturlarni, mehnat migrantlarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash, ularning xorijda mehnat, maishiy va yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalarni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar (“yo‘l xaritalari”) ishlab chiqish va amalga oshirish;

tashqi mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda vaqtincha ishga joylashtirish va ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish;

vakolatli organlarning, shu jumladan Agentlikning xorijiy vakolatxonalari, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va konsullik muassasalari tomonidan mehnat migrantlari murojaatlarini ko‘rib chiqish, ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqot o‘rnatish bo‘yicha samarali faoliyatini tashkil etish;

ijtimoiy-maishiy masalalarni hal qilish, uy-joy sharoitini yaxshilash, mehnatga layoqatli oila a'zolarini, ayniqsa ayollarni ish bilan ta'minlash va mehnat migrantlarining bolalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash orqali mehnat migrantlarining O‘zbekiston Respublikasidagi oila a'zolari daromadlari va turmush darajasini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

dastlabki kasbiy tayyorgarlik, moslashuv tadbirlarini amalga oshirish, mehnat migrantlarini xorijda ishga joylashtirish, ularga, shu jumladan o‘z Vataniga qaytib kelganidan so‘ng huquqiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish jarayonlarini samarali monitoring va nazorat qilish.

Mavzuga oid