O‘zbekiston | 21:17 / 22.08.2019
13702
3 daqiqa o‘qiladi

Yangi tahrirdagi Bojxona kodeksi loyihasi e'lon qilindi 

Foto: Norma.uz

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida yangi tahrirdagi Bojxona kodeksi loyihasi e'lon qilindi, deb xabar berdi Norma.

Loyiha mualliflarining fikricha, yangi tahrirdagi Bojxona kodeksi bojxona tizimi barqarorligini ta'minlaydi, tadbirkorlarga o‘rta muddatdagi bizneslari rivojini asosli prognoz qilishga imkon beradi.

Faktura qiymati besh ming AQSh dollarigacha bo‘lgan tovarning kelib chiqish mamlakatini tasdiqlovchi hujjat bo‘lib tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi deklaratsiya xizmat qilishi mumkin. 

Bojxona qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikka oid normalar kiritildi.

Ayrim muddatlar qisqartirildi:

- Tovarlarni chiqarib yuborish bojxona deklaratsiyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab, bir ish kuni mobaynida yakunlanishi lozim (hozirda 3 ish kuni);

bojxona ombori bojxona protsedurasining amal qilish muddatiga rioya etilishi chet el tovarlari uchun ko‘pi bilan bir yil (hozirda uch yil).

O‘z navbatida, quyidagi muddatlar uzaytirildi:

- tovarlarni tasniflash bo‘yicha dastlabki qaror, agar u o‘zgartirilgan, qaytarib olingan yoki bekor qilingan bo‘lmasa, u qabul qilingan kundan e'tiboran uch yil mobaynida amal qiladi (hozir bir yil).

- respublika hududiga olib kirilgan transportning bo‘lish muddati 90 kundan 180 kunga uzaytirildi.

Qator bojxona protseduralari qisqartirildi, ularni soddalashtirish ko‘zda tutilgan:

- tovarlarni import qilishda deklarant tomonidan bojxona qiymati deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi bekor qilinmoqda;

- ikkita post o‘rtasidan olib o‘tiladigan tovarlar va transport vositalariga nisbatan qisqa deklaratsiya sifatidagi yukni yetkazib berish nazorat kitobchasi o‘rniga tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish taklif qilinmoqda.

Loyihada bojxona to‘lovlarini to‘lash usullari batafsil ko‘rsatilgan, ularni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarning kelib chiqishi va bekor qilinishi holatlari hamda bunga mas'ul shaxslar ifodalangan.  

Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar xalqaro norma va amaliyotdan kelib chiqib ko‘rib chiqilgan, ayrim toifadagi shaxslar, xususan diplomatlar uchun esa ular Vena konvensiyasiga muvofiq tartibga solingan.

Bojxona nazorati formalari takomillashtirilmoqda, amaldagi kodeksda ular 12ta, loyihada esa ular bilan birgalikda bojxona nazorati o‘tkazilishini ta'minlaydigan choralar ko‘zda tutilmoqda (jami 17ta forma va chora).

Qonunchilikdagi boblarga yangiliklar kiritilgan. Ular quyidagilarga tegishli: 

- vakolatli iqtisodiy operatorlar faoliyati;

- bojxona organlari qarorlari, jumladan talablari va harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish tartibi;

- xavfni boshqarish tizimi;

- bojxona organlari tomonidan foydalaniladigan axborot tizimlari va AKT.

Eslatib o‘tamiz, hujjat loyihasi o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

Mavzuga oid