Jahon | 21:00 / 23.08.2019
11758
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda Grenlandiya AQSh hududining bir qismi sifatida tasvirlangan futbolkalar sotila boshlandi

AQSh Respublikachilar partiyasi milliy qo‘mitasi Grenlandiya AQSh hududining bir qismi sifatida tasvirlangan milliy xarita surati tushirilgan cheklangan sondagi futbolkalarni sotuvga chiqardi. 

“Mamlakat yanada kattaroq bo‘lishi uchun AQSh prezidenti Donald Tramp va uning sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlang”, deyilgan futbolkaning qo‘mita saytidagi ta'rifida. Ta'kidlanishicha, istalgan odam partiya ehtiyojlariga 25 dollardan boshlab istalgan summani to‘lab futbolkani olishi mumkin.   

18 avgustda Tramp Grenlandiyani sotib olish istagini bildirgan. Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen va orol ma'muriyati orolni sotish g‘oyasini hattoki muhokama qilishdan bosh tortgan.  Shu sababli Tramp Daniyaga 3 sentyabrga belgilangan safarini bekor qilgan. AQSh prezidentining bu qarori daniyalik siyosatchilarda salbiy munosabat keltirib chiqargan. 

Grenlandiya Daniya qirolligi tarkibiga kiradi. 2009 yildan boshlab keng muxtoriyat huquqiga ega. Orol o‘zini boshqarishda keng huquqqa ega bo‘lsa-da, tashqi siyosat va xavfsizlik masalalarida Kopengagenga tayanadi.

Mavzuga oid