Video: Shahram G‘iyosov sobiq jahon chempionini birinchi raunddayoq nokautga uchratib, kamarini himoya qildi
Professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
25 avgustga o‘tar kechasi Meksikaning Ermosilo shahridagi «Tsentro de Usos Multiples» arenasida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida G‘iyosov kolumbiyalik sobiq jahon chempioni Darlis Peresga (33-4-2, 21 KO) qarshi ringga ko‘tarildi va WBA International chempionlik kamarini himoya qildi.
10 raundga mo‘ljallangan jang muddatidan avval yakuniga yetdi. Birinchi raundning 30 soniyasi o‘tib ulgurmasidan o‘zbekistonlik bokschi chap qo‘lda kross zarbasini yo‘llab, raqibini polga qulatdi. 35 yoshli bokschi bokschi referi sanog‘i yakunlaniga qadar o‘rnidan tura olmadi va 41 soniyada nokaut qayd etildi.
Con 41 segundos en el primer round, Giyasov nos dejó sin palabras 😮 pic.twitter.com/ttfIcirGCe
— DAZN USA (@DAZN_USA) August 25, 2019
Ushbu g‘alaba Shahramning professional boksdagi 9-g‘alabasi bo‘ldi. U bu janglardan 7tasida raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etgan.
Ma'lumot uchun, 10 yildan buyon professional boksda faoliyat yuritib kelayotgan Peres yengil (-61,2 kg) vazn toifasining WBA yo‘nalishida 2014-15 yillarda uch marta vaqtinchalik jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.
Shahram G‘iyosov joriy yilning aprelida AQShning Inglvud shahridagi (Kaliforniya) amerikalik Emmanuel Teylorni (20-6, 14 KO) 10 raundlik jang yakunida hakamlar qarori bilan mag‘lub etib, ilk chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.
Mavzuga oid
08:47 / 22.12.2024
Usik Fyurini yana yengdi
21:57 / 18.12.2024
Fyuri va Usik boks jangida ilk marta sun’iy intellektga asoslangan hakam bo‘ladi
04:18 / 15.12.2024
Murodjon Ahmadaliyev nokaut bilan g‘alaba qozonib, kamar sohibiga aylandi
15:42 / 13.12.2024