Mushakbozlik va sayillar. Toshkentda Mustaqillik bayrami qanday nishonlanishi ma'lum qilindi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan Toshkent shahar hokimligi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida mehnat jamoalarida, mahallalarda, ta'lim muassasalarida «Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!» g‘oyasi ostida uchrashuvlar, jonli muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Poytaxt hokimligida xabarida bildirilishicha, ushbu tadbirlar istiqlol davrida erishgan yutuqlar, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar samaralarini, o‘zgarish va yangilanishlar sarhisobi sifatida tashkil etilmoqda.
Bugungi kungacha shahar bo‘ylab 400ga yaqin ana shunday madaniy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Poytaxtdagi 508 ta mahalla guzarlari, bog‘ va maydonlarda, 35 ta oliy o‘quv yurtlarining hududida va 1000 dan ortiq korxona, tashkilot, muassasalarda bayram sayillari davom etadi.
Shuningdek, Mustaqillik bayrami munosabati bilan Sayilgoh ko‘chasi, Alisher Navoiy nomidagi teatr oldidagi maydon, «Xalqlar do‘stligi» maydoni va 11 ta tuman markazlarida hamda barcha istirohat bog‘larida xalq sayillari o‘tkaziladi.
Toshkent shahrida o‘tkaziladigan bayram tadbirlarida mushakbozlik tomoshalari ham bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024