«Biz Jahon chempionatiga chiqa olamiz». Ektor Kuper terma jamoa uchun eng asosiy ikkita jihatni aytdi
O‘zbekiston Osiyoning kuchli tarkibga ega grandlariga qarshi bellashib, Jahon chempionatiga chiqa oladi, deb hisoblamoqda milliy jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper.
Bugun, 27 avgust kuni O‘FAda JCh saralashi sikli starti oldidan argentinalik mutaxassis bilan matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda.
«Biz avvalo optimistmiz. Bizdan kuchli terma jamoalar bilan bir xil darajada musobaqalasha olamiz. Jahon chempionatiga ham chiqa olamiz. Hozir daraja jihatdan bizdan kuchliroq jamoalar bo‘lishi mumkin, lekin eng asosiysi biz o‘zimizni o‘ylab, yaxshi jamoa shakllantirishimiz kerak.
Yaxshi jamoa degani ko‘plab elementlarni qamrab oladi. Raqiblarimizning o‘yinchilari kuchli bo‘lishi mumkin, lekin yaxshi jamoa faqat yaxshi o‘yinchi degani emas. Bilasizmi, eng asosiy narsa nima?
Terma jamoada ikkita narsa muhim. Jamoa sifatida birga yashash, barchaning birgalikda oldinga harakat qilishi kerak. Hech kim bir-biriga xalal bermasligi, aksincha qo‘llab-quvvatlashi kerak. Eng asosiy ikkinchi faktor – bu ishonish. Qilayotgan ishimiz to‘g‘riligiga ishonish. Agar ishonishmasa, hech narsa yutib bo‘lmaydi. Men murabbiy sifatida shunday fikrdaman», – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Kuper.
– Falastin bilan o‘yin sun'iy maydonda bo‘ladi, degan ma'lumotlar bor. Siz shunga tayyormisiz?
– Bu, tabiiyki, hech qaysi futbolchiga yoqmaydi. Ular sun'iy maydonda o‘ynashga o‘rganishmagan. Chunki sun'iy qoplamali maydonda to‘p balandroq sakraydi, tezroq harakatlanadi. Shuning uchun minimal adaptatsiyadan o‘tish uchun to‘rt-beshta mashg‘ulotni biz sun'iy maydonda o‘tkazishga harakat qilamiz.
Albata, doimiy ravishda sun'iy maydonda o‘ynab o‘rgangan Falastin sal-pal ustunlik bo‘lishi mumkin. Lekin sun'iy maydon tufayli g‘alaba qozona olmaymiz, degan fikrga bormaslik kerak. Boshqa faktorlar ham bor.
– O‘rtoqlik o‘yini uchun raqib sifatida Iroqni kim tanladi – sizmi yo federatsiya?
– Men qaysi raqib bilan o‘ynash masalasida federatsiya bilan tortishib o‘tirmayman. Hamma narsani birgalikda hal qilamiz. Ba'zan federatsiya bizga taklif beradi. Masalan, federatsiya Argentina bilan o‘ynaymiz, deyishi, men esa: «Yo‘q, shoshmay turinglar, sal kutish kerak», deb aytishim mumkin.
Iroq bilan o‘ynashni tanladik, chunki shu bizga optimal variant bo‘lib ko‘rindi. Bu qarorni federatsiya bilan kelishgan holda qabul qildik.
– Hamma o‘yinchilarn kuzatib boryapmiz, dedingiz. Lekin himoya chizig‘i umuman yangilanmay kelyapti. Vaholanki, «Nasaf»da Umar Eshmurodov barqaror o‘ynayapti. «Paxtakor»da Superliganing oxirgi ikki mavsumida eng stabil o‘yin ko‘rsatayotgan Sherzod A'zamov bor. «Bunyodkor»da Dilshod Ahmadaliyev juda zo‘r o‘ynayapti. Eng asosiysi – Rustam Ashurmatov. Key-liga ikkinchi divizionida uning klubi eng kam gol o‘tkazib yuborgan, Key-ligaga chiqish arafasida turibdi...
– O‘yinchilarni baholaymiz. Masalan, yoningizdagi senoritaga boshqa futbolchi yoqishi mumkin. Biz qaraymiz, baho beramiz...
Qaysi mezonlar asosida baholaymiz? Matbuot anjumanini bunaqa har xil narsalar bilan cho‘zib yubormaslik kerak, biz aytdik, chaqirgan o‘yinchilarimiz kimgadir yoqmasligi mumkin. Bu hamma joyda bo‘ladigan narsa. Nega bu bor, nega u yo‘q... Bir futbolchini chaqirish uchun boshqalaridan voz kechishga majburmiz. Shuning uchun ham bu murabbiylar shtabining baholashidan kelib chiqadi. Yuqorida aytgan gaplarimizga qaytishimizga to‘g‘ri kelyapti.
Dunyodagi barcha terma jamoalarda o‘z minimal strukturasi, tanlangan asosi, doim chaqiriladigan o‘yinchilar bor. Ba'zi futbolchilar almashtiriladi. Lekin barcha o‘yinchilarni kuzatishimiz bor gap. Baholashimiz har xil bo‘ladi, didimiz ham, buni tan olaman.
Ashurmatov? Biz undan yaxshiroq deb hisoblagan o‘yinchilarimizni chaqirganmiz. Ularni sinab ko‘rganmiz, Rustam Ashurmatovning ham o‘yinlarini kuzatganmiz. Balki tanlovim xatodir, lekin men boshqa o‘yinchilarni tanladim, bu mening fikrim. Yuz foiz haqman, demoqchi emasman. Bu o‘yinchi bizga keyinroq foydasi tegishi mumkin.
– Bu safargi yig‘inga ilk marta Aziz G‘aniyev va Sanjar Shoahmedovni ham chaqirdingiz. Ularning qaysi jihatlari e'tiboringizni tortdi?
– Murabbiy sifatida birinchi navbatda futbolchilarning maydondagi harakatiga e'tibor beraman. Ba'zida futbolchidan shunday signallarni olish mumkinki, bular oddiy bo‘lsa-da, murabbiy uchun juda muhim jihat bo‘lishi mumkin.
Azizning o‘yinni o‘qiy olishi, boshqara olishi menga yoqqan tomoni bo‘ldi. Sanjar esa texnik jihatdan juda yaxshi o‘yinchi. Unga ham imkoniyat berish kerak, degan fikrga keldik.
Ektor Kuper O‘zbekistondagi bir yillik faoliyati bo‘yicha xulosalari bilan o‘rtoqlashdi
Ektor Kuper: «Bizda o‘z o‘yin uslubimiz bor. Uni hadeb o‘zgartiraverish yaxshi fikr emas»
Superliga to‘purarlari nega terma jamoaga chaqirilmadi? Kuper izoh berdi
Mavzuga oid
13:48 / 07.10.2024
Katanets salomatligi yomonlashgani bois Eron va BAA bilan o‘yinlarda jamoani boshqarmaydi
18:25 / 01.10.2024
O‘zbekiston milliy jamoasining BAA va Eronga qarshi o‘yinlar uchun chaqirilgan futbolchilari ma’lum bo‘ldi
22:01 / 17.09.2024
Futzal bo‘yicha JCh-2024. O‘zbekiston Paragvay bilan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi
18:42 / 11.09.2024