O‘zbekiston bank sektorida jiddiy raqobatchi – Tenge Bank kirib keldi. U 5 yilda Top-10talikka kirmoqchi
O‘zbekiston bank sektorida yangi jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi. Qozog‘istonning yetakchi banki – «Qozog‘iston Xalq banki» Toshkentda o‘zining sho‘'ba bankini ochdi. Poytaxtning Hyatt Regency mehmonxonasida Qozog‘istonning xalqaro Halyk («Qozog‘iston Xalq banki» AJ – Halyk Bank) guruhi yuqori lavozimli rahbariyati, yirik bo‘linmalari, filiallari va Qozog‘iston, Gruziya, Rossiya, Qirg‘iziston va Tojikistondagi sho‘'ba tashkilotlarining rahbarlari ishtirokida tashkil etilgan safardagi kengashi doirasida o‘z imkoniyatlarining taqdimotini o‘tkazdi. Unda OAV vakillari ham ishtirok etdi.
Anjuman doirasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, ilg‘or tajriba almashish tashkil etildi, «Halyk» guruhini rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Tadbir qatnashchilari biznes namoyondalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilishib, O‘zbekiston madaniyati bilan tanishishdi.
Anjuman ishtirokchilariga guruhning yaqinda O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlagan sho‘'ba banki – «Tenge Bank» ATB tanishtirildi. Ma'lum qilinishicha, rejaga muvofiq, Bank ilk bosqichda yuridik shaxslarga faol xizmat ko‘rsatish, hisob-kassa amaliyotlarini bajarish, SWIFT tizimi orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish va shu kabi boshqa xizmatlarni ko‘rsata boshlagan.
«Biz faoliyatimizning ilk kunlaridanoq, mahalliy kompaniyalar tomonidan xizmatlarimizga katta qiziqishni kuzatmoqdamiz. O‘z navbatida, biz Halyk Guruhi mijozlarga ixtiyoridagi ulkan imkoniyatlar ro‘yxatini taqdim etishni rejalashtirmoqda, - deya qayd etdi Tenge Bank boshqaruvi raisi Aslan Talpakov. – Biz, shuningdek, munosib transchegeraviy hisob-kitoblar va savdo-sotiqni moliyalashtirishning zamonaviy instrumentlarini taklif etamiz».
Tadbirda ma'lum qilinishicha, Tenge Bank O‘zbekistonda bank xizmatlarining barcha turini taklif qilishni reja qilmoqda. Bugungi kunda, Bank mijozlariga O‘zbekistondan Qozog‘istonga pul o‘tkazmalarini tengeda amalga oshirish imkoniyatini ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilgan. Yuridik shaxslar esa, Qozog‘iston tengesini bevosita Bankdan xarid qilishlari mumkin.
Shu bilan birga, Tenge Bank jismoniy shaxslarga ham sifatli xizmat ko‘rsatishni o‘z oldiga maqsad qilgan. Hozirgi kunda Bank turli maqsadlarga yo‘naltirilgan tezkor xizmatlarni taklif etmoqda.
Moliya muassasasi o‘z xizmatlarining sifatini yanada oshirish istagida Uzcard milliy to‘lov tizimiga ham ulangan. Shuningdek, HUMO to‘lov tizimiga ulanish borasida faol ishlar olib borilmoqda. Xalqaro to‘lov tizimlari hisoblanuvchi VISA, Union Pay va MasterSard tizimlari ham Bank e'tiboridan chetda qolayotgani yo‘q. Yaqin istiqbolda, 2020 yilda ekvayring uchun O‘zbekistonda yangi American Express to‘lov tizimini jalb etish rejalashtirilgan.
Tenge Bank ATB Halyk guruhining tarkibiy qismi sifatida, mijozlarga ishonchli, barqaror va xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini taqdim eta oladigan miqdorda moliyaviy va texnologik zaxiralarga egadir. Bank kelasi 3-5 yil mobaynida O‘zbekistonning eng yaxshi 10ta bankidan biri bo‘lish kabi ulkan vazifani o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Tenge Bank ATB – barcha toifadagi korporativ va jismoniy mijozlarga zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi universal bankdir. U «Qozog‘iston Xalq banki» AJ (Halyk Bank)ning 100 foizlik sho‘'ba korxonasi hisoblanadi.
Bank bosh ofisi quyidagi manzilda joylashgan:
Toshkent shahri, 100007, Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi, 66-uy.
Telefon: +998(71)2038899,
Elektron-pochta: info@tengebank.uz
Veb-sahifa: www.tengebank.uz
Facebook: fb.com/tengebank.uz
Telegram: @tengebankuz
«Qozog‘iston Xalq bank» AJ Qozog‘iston Respublikasining 96 yillik tarixga ega eng yirik tijorat banki hisoblanadi. U asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yetakchi natijalarni qayd etib kelmoqda. Bank Halyk guruhiga kirib, mijozlariga keng xizmat turlarini taklif etib keladi. Bular bank xizmatlari, sug‘urta, lizing, brokerlik xizmatlari va aktivlarni boshqarish, inkassatsiya va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Bank, O‘zbekistondan tashqari, Rossiya, Gruziya, Qirg‘iziston va Tojikistonda ham o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
Bankning xalqaro reytingi:
- Moody’s – “Ba1”
- Fitch Ratings – “BB”
- Standard & Poor's – “BB”
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
09:00 / 31.10.2024
Tenge Bank imkoniyati cheklangan bolalar uchun xayriya tadbirini tashkil etdi
15:00 / 11.10.2024
Tadbirkorlar uchun onlayn hisobraqam ochish: Tenge Bank mobil ilovasini o‘zingiz uchun kashf eting
17:00 / 10.10.2024
“Tenge Bank va Mastercard Black Edition bilan dunyoni kashf eting” aksiyasi boshlanishi
17:00 / 16.08.2024