Prezident mustaqillik bayrami munosabati bilan 65 kishini afv qildi
Afv etilganlarning 39 nafari taqiqlangan tashkilotlardagi faoliyati uchun javobgarlikka tortilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev eng ulug‘ va eng aziz umummilliy bayramimiz – Vatanimiz mustaqilligi e'lon qilinganining 28 yilligini nishonlash arafasida «Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 23-bandiga asosan, sodir etgan jinoyati uchun jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan 65 nafar fuqaro afv etildi.
Afv etilgan shaxslarning 17 nafari jazodan to‘liq ozod qilindi, 13 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi, 20 nafariga esa tayinlangan jazo yengilrog‘i bilan almashtirildi. Bir so‘z bilan aytganda, 50 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish joylaridan ota-onasi, farzandlari va yaqinlari bag‘riga qaytarildi.
Shuningdek, 14 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddati qisqartirildi va 1 nafar shaxs ozodlikni cheklash jazosidan ozod qilindi.
Afv etilganlarning 4 nafarini ayollar, 1 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxs, 1 nafarini chet el fuqarosi, shuningdek, 39 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan fuqarolar tashkil etadi.
Mavzuga oid
20:11 / 06.12.2024
Shavkat Mirziyoyev jazo muddatini o‘tayotgan 483 nafar shaxsni afv etdi
18:37 / 01.04.2024
Turkmaniston prezidenti «Qadr kechasi» munosabati bilan 356 nafar mahbusni afv etdi
15:36 / 12.01.2024
Ukrainada jang qilayotgan rossiyalik mahkumlarning afv etilishi qonunlarni buzayotgani aytildi
20:19 / 06.12.2023