AQSh harbiylari Eron uchun muhim bo‘lgan ma'lumotlar bazasini yo‘q qilishdi – OAV
AQSh qurolli kuchlari qiberqo‘mondonligi Eron kompyuter tizimlariga iyunda amalga oshirgan hujumi vaqtida Tehron uchun muhim bo‘lgan ma'lumotlar bazasini yo‘q qildi. Bu haqda The New York Times nashridagi maqolada ma'lum qilingan.
Ta'kidlanishicha, ushbu bazada razvedka ma'lumotlari yig‘ilgan bo‘lib, u Islom inqilobi soqchilari korpusiga Fors ko‘rfazidan o‘tuvchi tankerlarga hujum qilish, jumladan “qaysi tankerga qayerda hujum qilishni tanlash” uchun kerak bo‘lgan. Maqolada ma'lum qilinishicha, amerikalik harbiylar Eronga qarashli ba'zi aloqa va kompyuter tarmoqlariga ham shikast yetkazgan.
AQSh harbiylari kiberhujumni muvaffaqiyatli deb baholashgan. Maqolada 20 iyundan keyin ko‘rsatilgan hududda tankerlarga boshqa hujumlar bo‘lmaganiga e'tibor qaratilgan. Manbalarning fikricha, Eron yo‘qotilgan ma'lumotni hamda bir qator aloqa tizimlari ishini hali tiklashga muvaffaq bo‘lmagan.
Biroq ba'zi rasmiy shaxslar fikricha, Eron tizimlariga kiberhujumni amalga oshirish kerak emasdi. Ularning ta'kidlashicha, bu hujum oqibatida Islom inqilobi soqchilari korpusi AQSh kiberqo‘mondonligi qanday imkoniyatlarga egaligi haqida muhim ma'lumotlarni qo‘lga kiritgan bo‘lishi va keyingi safar bu usullarning qo‘llanishi samara bermasligi mumkin. Bundan tashqari, hujum haqidagi ma'lumot Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreyaga berilib, bu davlatlar uni o‘z kompyuter tizimlarini yaxshilash uchun qo‘llashi mumkinligi ta'kidlab o‘tilgan.
Nashr manbalarining ta'kidlashicha, Eron AQShga qarshi muntazam xakerlik hujumlarini amalga oshirib keladi, biroq yuqoridagi hujum ularning jadalligi oshishiga olib kelmagan.
Eron atrofidagi vaziyat 13 iyunda Hurmuz bo‘g‘ozida ikkita neft tankeriga hujumdan keyin ularda portlash va yong‘inlar yuz berganidan so‘ng taranglashgan. AQSh ushbu voqea uchun javobgarlikni Eron zimmasiga yuklagan. Biroq Tehron bu ayblovlarni rad etgan.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024