O‘zbekistondagi g‘or dunyoning eng chuqur g‘orlaridan biri sifatida e'tirof etilishi mumkin
O‘zbekistondagi g‘or dunyoning eng chuqur g‘orlaridan biri sifatida e'tirof etilishi mumkin. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Ural speleologlar uyushmasining Rossiya geografik jamiyatining qo‘llab-quvvatlashi ostidagi Surxondaryo viloyati Cho‘li Bair tog‘li massividagi speleologik ekspeditsiyasi sensatsion natija bilan yakunlandi.
V.Loginov rahbarligi ostidagi A.Vishnevskiy nomidagi g‘orda (ChB-15) o‘tgan 20 kunlik ekspeditsiya davomida “-1284 metr”lik chuqurlikka erishilgan. G‘orning uzunligi 15 kilometrni tashkil qilgan. Cho‘li Bairdagi ushbu g‘or suv bosgan galereyadan boshlanib, 20 metrlik quduq bilan tugaydi.
Topografik s'yemka shuni ko‘rsatdiki, g‘or bugungi kunda O‘zbekistondagi va umuman Markaziy Osiyodagi eng chuqur g‘or hisoblangan, 1415 m amplitudaga yetgan Boy-Buloqqa juda yaqin keldi.
Bu ikki g‘orning birlashuvi fenomenal chuqurlik – 2 kilometrdan ortiqni qayd etadi va bu uni A.Verevkin (2212m) hamda Kruber (2197m) g‘orlaridan keyin dunyoning uchinchi eng chuqur g‘origa aylantiradi.
Nazariy jihatdan massivning salohiyati yuqorida yangi g‘orlarning aniqlanishi hamda ularning bir ulkan tizimga aylanishi hisobiga chuqurligi jihatidan jahon rekordini o‘rnatish imkonini yaratadi.
G‘orlardagi tadqiqotlar 2020 yilda davom ettiriladi.
Mavzuga oid
13:57 / 18.09.2024
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda uch nafar sinfdosh yigit halok bo‘ldi
07:29 / 06.09.2024
Surxondaryoda 9400 tup daraxt nobud bo‘lishi mumkin
12:31 / 31.08.2024
Surxondaryoda «Zarchob-1A» kichik GESi ishga tushdi
11:37 / 30.08.2024