Riviera savdo markazining qurilish ishlari to‘xtatib qo‘yildi. Toshkent shahar prokuraturasi jinoyat ishi ochdi
Toshkentda Riviera savdo markazining qurilish ishlari to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqda Tower MMG kompaniyasi Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.
Kecha, 28 avgust kuni soat 13:18da Olmazor tumani Nurafshon ko‘chasida yangi qurilayotgan Riviera savdo majmuasining qurilish jarayonida metall konstruksiyaning qulashi sodir bo‘ldi. Natijada, 4 nafar ishchi xodim vafot etgan va 2 nafari tan jarohat olgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabar berishicha, jarohatlanganlar zudlik bilan tekshiruvlardan o‘tkazilib, belgilangan tartibda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Jumladan, 45 yoshli O.Sh. o‘ng tovon suyagining sinishi tashxisi bilan o‘rta og‘ir ahvolda, Z.R. esa aralash travma, chap yelka suyagining sinishi tashxisi bilan yotqizilgan.
O‘z navbatida, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Obektdagi qurilish ishlari hamma tafsilotlarni aniqlash va bo‘lib o‘tgan hodisaning aniq sabablarini topishga qadar to‘xtatib qo‘yildi. Voqea joyida ekspert guruhi ishlamoqda», – deya xabar qilgan The Tower MMG.
Ta'kidlanishicha, kompaniya jarohat olganlarning va vafot etganlarning oila a'zolariga moddiy yordam ko‘rsatadi va to‘liq yordam beradi.
«Iltimos, ushbu vaziyatga to‘g‘ri tushunib, tekshirilmagan ma'lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz», - deya yakunlangan The Tower MMG ma'lumoti.
Mavzuga oid
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024