Yangi tahrirdagi «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Ta'lim to‘g‘risidagi qonuni loyihasi e'lon qilindi.
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarga ta'lim-tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini va ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarini belgilash hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashdan iborat.
Qonunning asosiy vazifalari:
ta'lim tizimining ishlashi va rivojlanishi uchun huquqiy kafolatlar va mexanizmlarni yaratish;
ta'lim olish jarayonida ta'lim oluvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish va shaffoflikni ta'minlash;
O‘zbekiston Respublikasi ta'lim tizimini xalqaro ta'lim standartlari darajasigacha takomillashtirish;
ta'lim sohasida davlat hokimiyati va davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlarini belgilash va ular o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish;
ta'lim sohasida yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini hamda ularning o‘zaro munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish.
Ta'lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb tan olinadi.
Ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
ta'lim va tarbiyaning uyg‘unlikda olib borilishi;
ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xususiyatga ega ekanligi;
ta'limning uzluksizligi, uzviyligi va izchilligi;
12 yillik (6 yoshdan 7 yoshgacha bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta'limga tayyorlash hamda o‘n bir yillik umumiy o‘rta va o‘rta maxsus) ta'limning majburiyligi;
ta'lim tizimining dunyoviy xususiyatga ega ekanligi;
davlat ta'lim standartlari va davlat ta'lim talablari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;
ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
bilimli bo‘lishni va iste'dodni rag‘batlantirish;
insonning butun hayoti davomida ta'lim olishi;
jamiyatda pedagog xodimlar ijtimoiy himoyasining kafolatlanganligi;
ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
Davlat jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi, ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, har kimga ta'lim olishda teng huquqlarni kafolatlaydi.
Davlat ta'lim olish huquqini quyidagilar orqali ta'minlaydi:
ta'lim tashkilotlarini rivojlantirish;
ta'lim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni va ta'lim dasturlarini innovatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash;
yetakchi klassik oliy ta'lim muassasalari maqomini belgilash va ularni qo‘llab-quvvatlash;
ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy, dual) ta'lim olishni tashkil etish;
kadrlar tayyorlash va ta'limga oid davlat dasturlari asosida o‘qitish;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'limni bepul olish;
oilada yoki o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan, shuningdek, majburiy umumiy o‘rta ta'limni to‘liq olmagan fuqarolarga akkreditatsiyadan o‘tgan davlat ta'lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish;
ta'lim muassasalarida kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmalarini mehnat bozorining talablariga muvofiq shakllantirish.
Xorijiy mamlakatlarning fuqarolari O‘zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga va qonun hujjatlariga muvofiq ta'lim olish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ta'lim olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
O‘zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
davlat ta'lim standartlari, davlat ta'lim talablari va ta'lim dasturlarini yoki ulardan birini amalga oshiruvchi ta'lim tashkilotlari;
yakka tartibda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar (repetitorlik);
ta'lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar;
ta'lim sohasida davlat boshqaruvi organlari hamda ularga idoraviy mansub tashkilotlar.
O‘zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi yagona va uzluksizdir.
O‘zbekiston Respublikasida ta'lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
maktabgacha ta'lim;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim;
kasbiy ta'lim;
oliy ta'lim;
oliy ta'limdan keyingi ta'lim;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
maktabdan tashqari ta'lim.
Mavzuga oid
15:21 / 19.12.2024
Xitoyda o‘g‘lining uy vazifalariga yordamlashayotgan ota infarktga chalindi
16:56 / 13.12.2024
Andijonda hokim o‘quvchilarni armiyaga yubordi, IIB boshlig‘i “qizil toifa”ga ajratdi. Bu to‘g‘rimi? - mutaxassislar bilan suhbat
09:30 / 04.12.2024
Dunyodagi eng qimmat 10 ta maktab-internat: ularda yillik o‘qish narxi 100 ming dollardan oshadi
14:33 / 21.11.2024