«Pop – Namangan» elektrlashtirilgan temir yo‘li orqali tezyurar yo‘lovchi poyezdining ilk reysi amalga oshirildi
Juma, 30 avgust kuni «Pop – Namangan» elektrlashtirilgan temir yo‘li orqali tezyurar yo‘lovchi poyezdining ilk reysi amalga oshirildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 oktyabrdagi PQ–3336-sonli «Pop – Namangan – Andijon temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish» loyihasini «Osiyo taraqqiyot banki» ishtirokida amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta'minlash borasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, umumiy uzunligi 45 km bo‘lgan Pop – Namangan uchastkasi to‘liq elektrlashtirildi va ushbu ishlar qisqa muddatda va sifatli tarzda amalga oshirildi. Ushbu masofada jami 690 ta tayanch ustunlari, 690 ta konsollar o‘rnatildi. 45 km.lik MF-100 rusumidagi kontakt simlari tortildi. Elektrlashtirish jarayoni Pop, Chust, To‘raqo‘rg‘on, Rauston, Namangan stansiyalari oralig‘idagi qurilish-montaj ishlari «1-son energomontaj poyezdi» unitar korxonasi, Maxsus mexanizatsiyalashtirilgan yo‘l stansiyasi ishchi-xodimlari tomonidan olib borildi.
Endilikda mazkur uchastkada teplovozlarni zamonaviy elektrovozlarga almashtirish, yuk va yo‘lovchi tashish xarajatlarini kamaytirish, harakat tezligini sezilarli darajada oshirish imkoni yaratadi. Tahlillarga ko‘ra, Popdan Namangangacha teplovozlar yoqilg‘i sarfi bilan solishtirganda elektrlashtirish ishlaridan so‘ng 3 barobarga qisqaradi. Ko‘rinib turibdiki, bu jarayon sarf-xarajatlarni kamaytirish bilan birga atrof muhit muhofazasini ta'minlashga ham xizmat qiladi.
Ma'lumot uchun, «Pop – Namangan – Andijon temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish» loyihasi «Boshtransloyiha» AJ muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan. Loyihaning umumiy qiymati 202,3 mln. AQSh dollari bo‘lib, 80 mln. AQSh dollari «Osiyo taraqqiyot banki» mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi. Elektrlashtirilayotgan liniyada jami 2 ta yangi nimtortish stansiyalari qurilishi rejalashtirilgan. Shu kungacha, ushbu katta hududda 3728 ta kotlovanlar qazilib, 3326 ta tayanch ustunlari o‘rnatildi. 576,75 ming metr kub tuproq ishlari bajarilgan. 25 ta sun'iy inshootlar qurildi.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
17:35 / 11.11.2024