O‘zbekiston | 17:48 / 03.09.2019
283578
1 daqiqa o‘qiladi

1150 kishi O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotishi mumkin. Ularning ro‘yxati e'lon qilindi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi saytida xorijiy davlatlarga doimiy yashashga chiqib ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘yicha 1150 kishilik ro‘yxat e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu fuqarolar xorijga doimiy yashashga uch yildan ortiq vaqt oldin chiqib ketgan bo‘lib, hozirga qadar konsullik hisobiga turmaganlar.

Xabarda aytilishicha, shu munosabat bilan, «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunning 21-moddasiga muvofiq, ro‘yxatdagi shaxslarga nisbatan ular fuqaroligini olib tashlashni rasmiylashtirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Ro‘yxat bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Mavzuga oid