Jahon | 17:17 / 03.09.2019
27032
1 daqiqa o‘qiladi

12 yil davomida faqat fastfud iste'mol qilgan britaniyalik yigit eshitish va ko‘rish qobiliyatini yo‘qotdi

Foto: Getty Images/StockFood

12 yil davomida faqat fastfud iste'mol qilgan britaniyalik yigit organizmida vitamin va mineral moddalar yetishmasligi tufayli eshitish va ko‘rish qobiliyatini yo‘qotdi. Bu haqda Independent nashri xabar qilmoqda.

Hozirda 19 yoshga to‘lgan, Bristol shahrida yashaydigan yigitning onasi u yetti yoshida fastfudga ruju qo‘yganini aytdi. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li o‘shandan buyon faqat qovurilgan kartoshka, chips, sosiska, vetchina va oq non yeydi. Onasining unga boshqa taomlarni taklif qilishi zoye ketgan.

Natijada yigitcha 14 yoshida eshitish qobiliyatini yo‘qota boshlagan, keyinchalik esa ko‘rish qobiliyatini ham yo‘qotdi.

Mavzuga oid