Fan-texnika | 01:58 / 03.09.2019
34070
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi “Gazel” taqdim qilindi

Foto: Instagram/vicheslav_subbotin

GAZ guruhi Comtrans 2019 ko‘rgazmasida yangi avloddagi yengil tijoriy avtomobil “Gazel NN”ni taqdim qildi. 

Guruh prezidenti Vadim Sorokinning aytishicha, yangi model ilk “Gazel”ning 25 yilligiga ishlab chiqarilgan va yuqori xavfsizlik darajasi, haydovchining kam toliqishi va iqtisodiy samaradorlikni ta'minlaydigan “sun'iy platforma”ga egaligi bilan ijobiy farqlanadi.

“Gazel NN” bu haydovchiga yordam beruvchi 30 ta tizim, yuqori shinamlik, universallik va egalik qilishning past narxi”, deb aytgan Sorokin.

Foto: Instagram/vicheslav_subbotin

Ma'lum qilinishicha, “Gazel NN”ning yangi plaftormasi ham ichki yonuv dvigateli, ham elektr motor qo‘llashga moslashtirilgan. Haydovchi kabinasi “umuman yangi interer” olgan, u o‘z ichiga 20 ta sozlamaga ega haydovchi o‘rindig‘i, klimart-kontrol, 9 dyuymli ekranga ega multimedia tizimi, kalitsiz boshqarish va dvigatelni yoqish imkoniyatini oladi.     

Avtomobilni 2020 yildan seriyali ishlab chiqarish, 2021 yilda sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.  

Foto: Instagram/vicheslav_subbotin

Kompaniya ko‘rgazmada shuningdek “Sadko NEXT” yuk yo‘ltanlamasi, GAZ elektrobusi, ikki turdagi tabiiy gazda ishlovchi “GAZon NEXT 10” hamda modernizatsiya qilingan “Sobol 4x4”ni taqdim qilgan.

Mavzuga oid