Jahon | 19:22 / 04.09.2019
4173
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistondagi pirotexnik vositalar fabrikasidagi portlashda 20 kishi halok bo‘ldi

Foto : Flickr / meg and rahul

Hindistonning Panjob shtatida joylashgan pirotexnik vositalar fabrikasidagi portlashda 20 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohat oldi. Bu haqda ANI axborot agentligi xabar berdi.

Fabrika Batada shahrida joylashgan bo‘lib, guvohlarning ta'kidlashicha, portlash shunchalik kuchli bo‘lganki, korxona butkul vayron bo‘lgan hamda yaqin oradagi binolarga jiddiy talofat yetkazgan. 

Hozirda voqea joyida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda. 

Huquq-tartibot idoralari voqea sabablarini aniqlashtirmoqda. Ta'kidlanishicha, vayronalar ostida hali ham odamlar qolayotgan bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid