Juzeppe Konte Italiya bosh vaziri lavozimida qoldi
Italiyaning avvalgi bosh vaziri Juzeppe Konte yangi vazirlar mahkamasida bosh vazir lavozimida qoladi. Bu haqda Italiya prezidenti matbuot xizmati bosh kotibi Ugo Dzampetti ma'lum qildi.
“Juzeppe Konte vazirlar mahkamasi raisi mandatini qabul qildi. Konte boshchiligidagi yangi hukumat 5 sentyabrda qasamyod qabul qiladi”, deb e'lon qilgan Dzampetti.
Avvalroq Konte prezident Serjo Mattarella bilan uchrashib, hukumatni boshqarishga rozi bo‘lgan va prezidentga vazirlar mahkamasi tarkibini taqdim qilgan.
Kontening ta'kidlashicha, “5 yulduz” harakati” partiyasi yetakchisi, 33 yoshli Luiji Di Mayo Italiya tashqi ishlar vaziri lavozimini egallaydi. U avvalgi hukumatda bosh vazir o‘rinbosari va iqtisodiy rivojlanish, mehnat va ijtimoiy siyosat vaziri bo‘lgan.
20 avgustda Konte iste'foga ketishga qaror qilganini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
18:29 / 12.11.2024
Italiyada 2 mingdan ziyod soxta san’at asarlari musodara qilindi
15:17 / 11.11.2024
Italiyaning Pompey shahri xarobalariga sayohatchilar tashrifi cheklanadi
12:50 / 05.11.2024
O‘zbekiston va Italiya mevali bog‘ va tokzorlarni barpo etish bo‘yicha hamkorlik qiladi
14:38 / 30.10.2024