Pentagonning sobiq rahbari dunyoning eng xavfli mamlakatini aytdi
AQShning sobiq mudofaa vaziri Jyeyms Mettis Pokistonni jamiyatining radikallashuvi va yadro salohiyatining jadal oshib borayotgani sababli dunyodagi eng xavfli davlat deb atadi. U bu haqda o‘zining “Call Sign Chaos” deb nomlangan yangi kitobida yozdi. Avtobiografik asar 3 sentyabrda chiqdi.
“Biz dunyodagi eng jadal oshayotgan yadro arsenali bu davlatdagi terrorchilar qo‘liga tushishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Natija falokatli bo‘ladi”, deb ta'kidlab o‘tgan sobiq mudofaa vaziri o‘z kitobida.
“Siz radikallashgan jamiyatni olib, unga dunyoda eng jadal oshayotgan yadro arsenalini qo‘shsangiz, bizga nima uchun hozirda e'tiborni qurollanishni nazorat qilish va tarqatmaslikka qaratishimiz kerakligini anglab yetasiz. Bu hozirda dunyodagi eng katta muammodir”, deb davom ettirgan Mettis.
Uning aytishicha, bugungi kunda Pokistonda mamlakatning kelajagi haqida qayg‘ura oladigan yetakchi yo‘q.
Jyeyms Mettis Donald Tramp ma'muriyati 2017 yil yanvarda o‘z ishini boshlaganidan Pentagonga rahbarlik qilgan. U Trampning Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqish qaroriga qarshi chiqqach, 2018 yil 31 dekabrda iste'foga ketgan. “Siz qarashlari qarashlaringizga mos keladigan mudofaa vaziriga ega bo‘lishga haqlisiz”, deb yozgandi general iste'foga ketishi oldidan Trampga yozgan maktubida.
Trampning o‘zi Mettisning mudofaa vaziri lavozimidagi faoliyatidan norozi qolgan.
Mavzuga oid
15:02 / 23.12.2024
O‘zbekiston Pokistonning "Gvadar" portidan foydalanish imkoniyatini o‘rganyapti
11:16 / 23.12.2024
Pokistondan olib kirilgan mandarin partiyasida zararkunanda borligi aniqlandi
00:15 / 22.12.2024
Pokistonda Imron Xonning 25 nafar tarafdoriga hukm o‘qildi
14:56 / 19.12.2024